Qabul qiluvchi pul o'tkazmasini qanday qilib naqd pul chiqimi qilishi mumkin?

Pul o'tkazmasini jo'natuvchi tomonidan pul o'tkazmasini yuborishda tanlagan mamlakatdagi istalgan qabul qilish punktida olish mumkin. Qabul qiluvchiga tanlangan qabul qilish punkti bilan oldindan bog'lanishni va tanlangan valyutada kerakli pul o'tkazmasining mavjudligi haqida ma'lumotlarni aniqlashtirishni tavsiya qilamiz.

Naqd pul chiqimi uchun qabul qiluvchi qabul qilish punktlaridan biriga kelib, quyidagi ma'lumotlarni taqdim etishi kerak:
  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat. Qabul qiluvchi tomonidan taqdim etilishi mumkin bo'lgan hujjatlarning aniq ro'yxati qabul qiluvchi mamlakatga bog'liq. Ushbu ma'lumot bilan Unistream rasmiy veb-saytida yoki to'g'ridan-to'g'ri naqd pul qabul qilish punktida tanishib chiqish mumkin.
  2. Pul o'tkazmasining nazorat raqamini (КНП). Ushbu raqamni pul jo'natuvchidan aniqlashtirishingiz kerak bo’ladi.
  3. Qabul qilinadigan pul miqdori va valyuta. Hozirda quyidagi mamlakatlarga pul o'tkazmalari mavjud:
  • Armaniston (AMD)
  • Serbiya (EUR)
  • Yunoniston (EUR)
  • Kipr (EUR)
  • Moldova (AQSh dollari)
E'tibor bering, ba'zi mamlakatlarda naqd pul chiqim qilish faqat milliy valyutada mavjud. Ma'lumotni to'g'ridan-to'g'ri qabul qilish punktida yoki Unistream qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish orqali aniqlashtirishingiz mumkin.

Qabul qiluvchi pul o'tkazmasini yuborilgan kundan boshlab 180 kalendar kun ichida qabul qilib olishi mumkin. Keginchalik o'tkazma faqat jo'natuvchiga 2,5 yil davomida berilishi mumkin bo'ladi.

Сделать перевод

Сумма списания
Сумма зачисления
Продолжить

Переведётся по курсу

Зачисление

Несколько минут

Комиссия