Unistream orqali qabul qiluvchi naqd pul chiqimi qilishi uchun pul o'tkazmasini qanday yuborish kerak?

  1. Qabul qiluvchining mamlakatini tanlang. E’tibor bering, o'tkazmani tanlangan mamlakatning istalgan qabul qilish punktida qabul qilib olish mumkin.
  2. Qabul qiluvchining to'liq ismini lotin tilida kiriting. Oluvchining ma'lumotlarini naqd pul olish uchun taqdim etiladigan hujjatida ko'rsatilgandek kiritishingizni tavsiya etamiz. Agar hujjatda otasining ismi bo'lsa, u ham ko'rsatilishi kerak.
  3. O'tkazma summasini kiriting. Ushbu bosqichda siz kurs va komissiya miqdori haqida ma'lumotni ko'rasiz. E'tibor bering, valyuta kursi Unistream tomonidan belgilanadi. Unistream orqali qilingan o'tkazmalar Avosend tarafidan komissiyasiz amalga oshiriladi. Shuningdek, “Qabul qilish punktlari” opsiyasini bosish orqali mavjud qabul qilish punktlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin.
  4. O’zingiz haqingizda ma'lumot kiriting: to'liq ism, tug'ilgan sana, pasport ma'lumotlari, ro'yxatdan o'tish manzili. E'tibor bering, barcha ma'lumotlar Rossiya pasportida ko'rsatilganidek kiritilishi kerak.
  5. To'lov usulini tanlang va pul o'tkazmasini tasdiqlang.
  6. Pul o'tkazmasini yuborganingizdan so'ng, sizga naqd pul qabul qilish uchun pul o'tkazmasining nazorat raqami (КНП) ko'rsatilgan SMS keladi. Ushbu raqamni tranzaktsiyalar ro'yxatida kerakli o'tkazmani tanlaganingizda ko'rishingiz mumkin. Siz ushbu kodni qabul qiluvchiga ulashishingiz kerak bo’ladi. Kod bir necha daqiqada hosil bo'ladi.
  7. Keyin qabul qiluvchi naqd pulni olish uchun eng yaqin qabul qilish punktiga borishi mumkin. Buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatni, pul o'tkazmasining nazorat raqamini (КНП), qabul qilinadigan summa va valyutani taqdim etishingiz kerak. Shuningdek, qabul qiluvchiga oldin tanlangan qabul qilish punkti bilan bog'lanishni va olinishi kerak bo'lgan miqdorning mavjudligi haqidagi ma'lumotlarni aniqlashtirishni tavsiya qilamiz.

Pul o'tkazmasini amalga oshirish

Hisobga qabul qilish summasi
Hisobdan chiqarish summasi
Davom etish

O'tkazma kursi

Foydali kurs

1 rub = 100,1205 UZS

Kirirtish

Bir necha daqiqa

Komissiya

49 Rub yoki 1%